Sulgi Lutfullin
Sulgi Lutfullin | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar 1923-yil Jarkent yoki Oʻzgan |
Vafoti |
16-dekabr 1990-yil (67 yoshda) yoki 1991-yil (68 yoshda) Andijon |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston SSR |
Qoʻshin turlari | Artilleriya |
Xizmatdagi yillari | 1942—1946 |
Unvoni | kichik leytenant |
Jang/urush | 2-jahon urushi |
Mukofotlari |
Sulgi Lutfullin (1923-yil 5-yanvar, Jarkent yoki Oʻzgan — 1990-yil 16-dekabr yoki 1991-yil, Andijon shahri) — Sovet Ittifoqi qahramoni (1945), 2-jahon urushi ishtirokchisi, kichik leytenant.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulgi Lutfullin 1923-yil 5-yanvarda Almati viloyati Jarkent shahri[1] (baʼzi manbalarda Oʻsh viloyati Oʻzgan shahri)[2][3] ishchi oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek[3][4] (ayrim manbalarda uygʻur)[2][5]. Oʻrta maktabni tugatgandan keyin Oʻzgan shahrida yashay boshlagan va xalq sudida sud ijrochisi boʻlib ishlagan[6]. 1942-yil mart oyida Andijon harbiy komissariat tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan[7]. Shu yilning aprel oyidan 2-jahon urushida ishtirok eta boshlaydi. 1944-yil avgust oyidan katta serjant Lutfullin 1-Ukraina fronti 13-armiyasining 493-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri[7][8]. Polshani ozod etishda jasorat koʻrsatgan[1][6]. 1944-yil 18-avgustda Sandomir platsdarmidagi[7] jangda Lutfullin polki nemislarning 12 ta tanki va piyoda qoʻshinlari qurshovida qoladi[3], ammo polk nemislarga qarshi jang olib borib, ularning 8 ta qarshi hujumini qaytaradi hamda 5 ta tankni yoʻq qilishgan. 1945-yil 29-yanvar polk Tarksdor aholi punkti (hozirgi Tarchalice qishlogʻi) yonidan oqib oʻtuvchi Oder daryosidan kechib oʻtib, daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash hamda saqlash uchun bo‘lgan jangda faol ishtirok etishadi. 1945-yil 30-yanvardagi jangda Lutfullin boshchiligidagi polk 7 ta tank va 1 ta bronetransportyorni yoʻq qilishadi[9][7].
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi farmoni bilan katta serjant Lutfullinga Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni[10][11][12] berilib, „Oltin yulduz“ medali va Lenin ordeni bilan taqdirlanadi[13][6]. 1945-yilda Lurfullin kichik leytenantlar kursini tamomlaydi. 1946-yilda zaxiraga olinib, harbiy xizmatdan ozod qilinadi[1]. Shundan keyin Lutfullin Andijon shahrida yashay boshlaydi. 1964-yilda savdo institutini tugatib, savdo sohasida[1], shuningdek, Toʻqimachilik savdo (ruscha: Текстильторг) bazasida ombor mudiri boʻlib ishlagan[2].
Lutfullin 1990-yil 16-dekabr kuni Andijon shahrida[12] vafot etgan (ayrim manbalarda vafot etgan sanasi 1991-yil deb berilgan)[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oltin yulduz“ medali (1945-yil 10-aprel)[3][14];
- Lenin ordeni (1945-yil 10-aprel);
- 1-darajali Vatan urushi ordeni (1944-yil 9-aprel[15], 1985-yil 11-mart);
- „Jasurlik uchun“ medali.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon shahridagi Xotira maydonida Lutfullinga atab yodgorlik oʻrnatilgan[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Gulmira Bayzakova. „Geroi Velikoy Otechestvennoy voyni: Sulgi Lutfullin“ (rus tilida) (2015-yil 10-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 L.E. Sheynman. „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 S. Cherikov. „Geroy Velikoy Otechestvennoy Voyni kirgizstanes Lutfullin Sulgi“ (rus tilida) (2018-yil 23-dekabr). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Eto bila velikaya pobeda“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „U podviga net natsionalnosti“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „«Spasibo za pobedu!». Geroy Sovetskogo Soyuza Sulgi Lutfullin“ (rus tilida) (2014-yil 8-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Istrebitelno-protivotankovaya artilleriya v VOV“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Mukofot varaqasi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ Faxriddin Ubaydullayev. „Na frontax Vtoroy mirovoy voyni pogiblo bolee 43 tisyach andijansev“ (rus tilida) (2023-yil 9-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Geroi Sovetskogo Soyuza iz Uzbekistana, srajavshiyesya v VOV“ (rus tilida) (2018-yil 1-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 „Uzbekskiy Nekropol Geroyev“ (rus tilida) (0412.2015). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „SSSR Oliy Soveti Prezdiumi farmoni“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Mukofot varaqasi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Korotko o geroyax Velikoy Otechestvennoy voyni“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- 5-yanvarda tugʻilganlar
- 1923-yilda tugʻilganlar
- 16-dekabrda vafot etganlar
- 1990-yilda vafot etganlar
- Andijonda vafot etganlar
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- Oʻzgan shahrida tugʻilganlar
- Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari
- Kichik leytenantlar (SSSR)